avatar
Куч
8344.85
Рейтинг
+3155.98

Mirsaidova Gulmira Sharofovna

Мақолалар

Соғлом бола йили

JizDPI
Илм-фан

Жиззах Давлат педагогика институти Мактабгача таълим назаряси ва услубияти кафедраси жамоаси 2014-йил “Соғлом бола йили”га бағишлаб “Соғлом оила-соғлом авлод” мавзусида лицей талабалари билан учрашув ташкил қилдилар. Учрашувда халқимизнинг миллий урф-одатлари, оилавий анъаналари, каттага ҳурмат, бурчга содиқлик, ватанпарварлик каби туйғулар тўғрисида ёш талабаларга чуқурроқ тушунчалар етказилди. Шунингдек битирувчи курсларни амалиётга кузатиш конференсияси ҳам ўтказилди.


 

Ҳар кунимиз Наврўз бўлсин!

JizDPI
Илм-фан


Вилоятимизнинг барча таълим муассаларида “Наврўз” умумхалқ байрами кенг нишонланди. Жумладан, Жиззах Давлат педагогика институтининг “Педагогика-психология”  факультетида “Наврўз” байрами кўтаринки рух билан кутиб олинди. Вилоятимизда ўтказилган байрам тадбирига фаол қатнашдилар. Байрамда қуйидаги гурухлар ўз ишлари билан қатнашдилар:



Aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv

JizDPI
Илм-фан


4 mart kuni Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 22 yanvardagi “O’zbek Milliy akademik drama tetarining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi PQ-2114-son qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha O’zbek Milliy akademik drama tetarining aktyorlari, O’zbekiston Xalq artistlari Yodgor Sa’diyev va Yoqub Axmedovlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida aktyorlar O’zbek Milliy akademik drama tetatri haqida, o’zlarining ijodiy va hayotiy faoliyatlari to’g’risida gapirib o’tdilar. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.



Navro’zi olam

JizDPI
Илм-фан


 


Viloyat markazi Jizzax shaxri har qachongiga qaraganda o’zgacha yasangan. Maydon va xiyobonlarda, maxallalar va ko’chalarda, oilalarda tantanavor ruh hukmron.Chunki o’lkamizga NAVRO’Z keldi.  Bugun ana shunday qutlug’ ayyom viloyat markazidagi Yoshlar forumi majmuasidan boshlab, barcha xiyobon va go’shalarda keng nishonlandi.



Ayol borki,olam munavvar

JizDPI
Илм-фан


7 mart kuni Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirini institut rektori, professor O.Do’smatov kirish so’zi bilan ochdi va o’z tabrik so’zida Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimiz ayollariga alohida g’amxo’rlik va e’tibor qaratilayotganligini, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda, oilalar farovonligini ta’minlashda muhtarama ayollarimizni xizmatlari katta ekanligini ta’kidlab o’tdi. Institut rektori o’zining tabrik  so’zida yoshlarga ta’lim tarbiya berishda samarali mehnat qilayotgan fidoyi ayol o’qituvchilar va jamoatchi talaba qizlar nomlarini faxr bilan tilga oldi. 



Muhammad Yusuf - Vatan kuychisi

JizDPI
Илм-фан


25 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to’g’risida”gi PQ-2102 son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 16 yanvardagi 01-07/41-844(6) sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.


 



Jizzax viloyatining ekoturistik imkoniyatlari

JizDPI
Илм-фан


Jizzax viloyat ma’naviyat va targ’ibot markazida O’zbekiston ekologik harakati Jizzax viloyati hududiy bo’linmasi, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy ma’rifiy aloqalar kengashi Jizzax viloyat bo’limi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti hamkorligida “Jizzax viloyatining ekoturistik imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.


 



Yoshlar orasida narkotik moddalarni tarqatilishiga qarshi kurash oyligi

JizDPI
Илм-фан


3 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida Jizzax viloyati IIB, viloyat prokraturasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat xokimligi, Kamolot YoIX va teleradiokompaniyasi xodimlari ishtirokida “Yoshlar orasida narkotik moddalarni tarqatilishiga qarshi kurash oyligi” tezkor-profilaktik tadbirini o’tkazish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.


 



Bilimni baholashning Umumevropa tizimi (CEFR) va uning O’zbekiston respublikasi ta’lim muassasalariga moslashtirilishi

JizDPI
Илм-фан

7 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta’lim tizimimizni rivojlantirish, chet tilini o’rganish va o’qitish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi (UzTEA) tomonidan “Bilimni baholashning Umumevropa tizimi (CEFR) va uning O’zbekiston respublikasi ta’lim muassasalariga moslashtirilishi” mavzusida  hududiy konferensiya o’tkazildi.


 


Hududiy konferensiyada Jizzax, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlari oliy ta’lim muassasalarining barcha ingliz tili o’qituvchilari ishtirok etishdi.


 


Konferensiyani  Jizzax davlat pedagogika instituti rektori,professor O.Do’smatov kirish so’zi bilan ochib berdi va konferensiya ishiga omad tiladi.


 


Konferensiyada  professor Muhammadjon Xolbekov va professor Bahodir Odilovning “Xorijiy tilni o’qitish — ijtimoiy-gumanitar fan sifatida” mavzusida,  O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi rahbari F.Rashidova va professor M.Irisqulovning “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ- 1875-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi hamda uning uzluksiz ta’lim tizimidagi ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.


 


Konferensiya ishida “Bilimni baholashning Umumevropa Tizimi (CEFR)”,  “Informasion-aloqa texnologiya larining til o’qitish va o’rganishdagi ahamiyati”, “O’quv qo’llanma taqdimoti va uning qo’llanilishiga doir maslahatlar”, “Yosh bolalar uchun ingliz tili”, “V1 darajasi akademik liseylar va kasb- kunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma”, “V2 darajasi oliy talim- muassasalarining nofilologik fakultetlari uchun o’quv qo’llanma”larining taqdimotlari o’tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida konferensiya sho’balarga  bo’lingan xolda davom ettirildi. Konferensiya barcha ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.

Bugungi talaba-ertangi o’qituvchi

JizDPI
Илм-фан

17 fevral kuni institut Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakul’tetining Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi kunduzgi bo’lim 4-kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotiga bag’ishlangan amaliy anjumani bo’lib o’tdi.


Uni fakultet dekani dots. M.Rabbimov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi.


      Anjumanda “Bugungi talaba-ertangi o’qituvchi” mavzusida o’quv bo’limi inspektori  E.Shamuratov, “Kasbiy faoliyatda pedagogik amaliyotning tamoyillari, modullari va vazifalarining o’rni” mavzusida boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri prof. U.Jumanazarov, “Pedagogik amaliyot – kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishning didaktik asosi sifatida” mavzusida boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori X.To’raqulov, “Pedagogik amaliyot davrida darsni tashkil qilish va uni o’tkazish tartibi” mavzusida BTN va A kafedrasi dotsenti A.Suvonqulov, “Amaliyotchining maktabdagi pedagogik-psixologik vazifalari” mavzusida umumiy psixologiya kafedrasi mudiri, dots. Yo.Alimqulov, “Pedagogik amaliyotchining tarbiyaviy ishlari yuzasidan bajaradigan ishlar” mavzusida umumiy pedagogika kafedrasi mudiri dos. N.Usmonovlar ma’ruza qildilar.


 


Shuningdek “Tarbiya va amaliyot birligi” mavzusida uslubchi o’qituvchilar va amaliyotchi talabalar o’z fikr-muloxazalarini bildirdilar. Shundan keyin barcha talabalar uslubchi o’qituvchilar bilan pedagogik amaliyotga yo’l oldilar.

Giyoxvandlik asr vabosi

JizDPI
Илм-фан

 


24-fevral  kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti  madaniyat saroyida  Pedagogika – psixologiya fakulteti  tomonidan “1-mart Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani  R.Abdurasulov kirish so’zi  bilan ochdi va boshqarib bordi.


 



Bahor keldi seni so’roqlab

JizDPI
Илм-фан

1 mart kuni Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida institut xotin-qizlar qo’mitasi, ma’naviy-ma’rifiy bo’limi, axborot-resurs markazi, o’zbek tili va adabityoti fakulteti hamkorlikda xalqimizning sevimli shoirasi, jamoat arbobi  Zulfiyaxonim tavallud kuniga  bag’ishlab hamda “Sog’lom bola yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.


 


 Tadbirda Jizzax shahar hokimi o’rinbosari, shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi N.Muxtorova, o’zbek tili va adabityoti fakulteti dekani v\b Sh.Xaydarov, institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Abduvaliyeva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi I.Matmurodovalar so’zga chiqishib, shoira asarlarining badiiy-estetik kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, madaniyatimiz rivojiga qo’shgan hissasi, o’z ona-Vataniga, mehnatkash xalqiga bo’lgan yuksak mehr-muhabbati haqida so’zladilar.


 


Shuningdek tadbirda “Zulfiyaxonim-qizlar davrasida” mavzusida talabalar mushoirasi, “Zulfiyaxonim-ardoqli shoira” nomli adabiyotlar ko’rgazmasi, talabalar tomonidan badiiy chiqishlar tashkil etildi.


 

Табиатшуносликни ўқитиш жараёнида ўқувчиларни ҳар томонлама тарбиялаш

JizDPI
Илм-фан

Ўқувчиларни ҳар томонлама тарбиялаш учун табиатшунослик фани чексиз имкониятларга эга.


Табиатшунослик воситасида амалга ошириладиган комплект тарбия фақат дарслардагина эмас балки ўқувчиларнинг синфдан ва мактабдан ташқари фаолиятларида  (экскурсия синфдан ташқари машғулот мактаб олди боғларидаги ишлар ва бошқаларда)  ҳам мунтазамлик ҳамда режалиликни талаб қилади.



Ёш авлод жисмоний камолотида мусиқа

JizDPI
Илм-фан

Ҳозирги даврда мустақил давлатимизнинг дунё ҳамжамияти олдидаги нуфузини  юқори кўтариш мамлакат раҳбарияти ва барча фуқороларнинг муқаддас бурчи ҳисобланади. Чунки, мамлакатлар нуфузини фақатгина ҳарбий ва ишлаб чиқариш салоҳиятининг юксаклиги белгиламасдан, балки шу мамлакат маънавияти ва маданияти ҳам белгилайди. Биз ривожланган демократик ҳуқуқий жамият қурмоқчи эканмиз, бу ишга ҳар тамонлама етук баркамол авлодни тарбиялаш орқалигина эришишимиз мумкин.



Талабаларнинг мусиқавий малакалариини шакллантириш йўллари

JizDPI
Илм-фан

Мусиқани идрок қилиш ва ижро этишга доир айрим харакатларнинг қайта-қайта такрорланиши машқ қилишн тақозо қилади. Машқ харакатларнинг моҳиятини чуқур англаш учун  эркин бадиий-ижодий даражада бажарилиш керак.


 


Тараққий пойдевор, синов-тажриба ишларини амалга ошириш жараёнида шу нарса аниқ бўлдики, мусиқа дарсларининг кўпайтирилиши ўқувчиларни толиқтирмайди аксинча улардаги чарчоқни эмоционал –қизиқарли вазиятлар ташкил қилиш орқали тарқатишга хизмат қилади. Ижодий билиш фаолиятида ўқувчиларнинг муҳим аҳлоқий-маънавий сифатлари шаклланиб маънавий хаётининг таркибий қисмига айлана боради.



“Мусиқа маданияти” дарсларида мусиқали ритмик ҳаракатлардан фойдаланиш

JizDPI
Илм-фан

Умумий ўрта таълим муассасаларида, айниқса бошланғинч синф болаларининг нормал жисмоний ривожланишини таъминлаш учун маълум ҳаракат турлари билан боғлиқ бўлган мусиқавий фаолият мусиқали ритмик ҳаракатлар муҳимдир.



Мусиқа ўқитувчиларини касбий тайёрлашнинг ўзига хос йўллари

JizDPI
Илм-фан

Тарбия масалаларига ҳар томонлама, тизимли ёндашув, тарбиявий ишларни ташкил қилишга фаол илмий асосланган услуб ва воситаларни жорий қилиш келажакда иқтисодий, ижтимоий ва маънавий ҳаёт орасидаги ўзаро алоқаларни чуқурлаштириш имкониятини беради.



Мусиқа ўқитувчиларини касбий тайёрлашнинг мазмун ва моҳияти

JizDPI
Илм-фан

Таълимнинг ўзига хос жиҳатларидан бири шундаки, шахс эгаллаган махсус билимлар, юқори касбий маҳорат, умумий маданият, ғоявий — аҳлоқий сифатлар иқтисодий ва ижтимоий вазифаларни ҳал қилишнинг омили сифатида амалга оширилмоқда. Ахборот кўламининг кескин ўсиши, инсонларда маънавий эҳтиёжларнинг ошиши ёш авлодни ўқитиш ва тарбиялаш вазифаларини янги даражага кўтарди. Чунки, нафақат таълим мазмунига, балки тарбиявий ишларни ташкил қилиш маданияти, унинг йўллари, шаклларига ҳам талаб ошмоқда.



Мусиқа ўқитувчиларини касбий тайёрлашнинг илмий-педагогик асослари

JizDPI
Илм-фан

Бугунги кунда умумий ўрта таълим мактаб ўқувчилари мусиқа фани асосларини амалда қўллаш малакаларини пухта эгаллаб ижрочилик фаолиятига киришиш учун барча имкониятга эга. Бунда асосий ролни мусиқа ўқитувчиси ўйнайди.