Kitob bayrami
JizDPIIstiqboli porloq mustaqil yurtimizga bayramlar yarashadi. Ana shunday bayramlardan biri 22-23 may kunlari “Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” shiori ostida o’tkazilgan Respublika “Kitob bayrami”dir.
Shu munosabat bilan Jizzax viloyat hokimligi, Jizzax viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O’zbekiston yozuvchilar ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi hamkorligida “Yoshlar shaharchasi”da tashkil etilgan “Kitob bayrami”da Jizzax davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi ham dolzarb mavzulardagi adabiyotlar ko’rgazmasi bilan ishtirok etdi. “Yangi adabiyotlar sizlar uchun”, “Institut professor-o’qituvchilarining ilmiy-ijodiy ishlari”, “Yoshlarga oid davlat siyosati”, “Chet tillarni o’rganamiz” mavzularidagi adabiyotlar hamda elektron darsliklar namunalari shular jumlasidandir.
Shuningdek, Jizzax viloyati ko’zi ojizlar maxsus Axborot-resurs markazi bilan hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan ko’chma kutubxona ham o’z adabiyotlari bilan bayram tadbirida qatnashdi.
“Kitob bayrami”da Jizzax davlat pedagogika institut Axborot-resurs markazi faoliyatini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.