avatar
Куч
8344.85
Рейтинг
+3155.98

Mirsaidova Gulmira Sharofovna

Мақолалар

Hamid Olimjon- baxt va shodlik kuychisi

Илм-фан

Jizzax davlat pedagogika  instituti Axborot- resurs markazi talabalar turar joyi tarmog‘ida zabardast shoirlarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlab “Hamid Olimjon-baxt va shodlik kuychisi” mavzusida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda talabalar turar joyi talabalari hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Shukurova H ochib berdi.U o‘z so‘zida shoir Hamid Olimjonning shaxsiy hayoti, ijodiy faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi katta mavqei hozirgi yoshlar tomonidan zo‘r hurmat

Baxt va bahor kuychisi

Илм-фан
Tadbirni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Isroilova F ochib berdi.U o‘z so‘zida Zulfiyaxonim butun o‘zbek ayollariga ibrat timsoli ekanligini, aqlliligi, xushfe’lligi, dono, oqilaligi bilan ayollarimizga o‘rnak bo‘la olishliklarini aytib o‘tdi. Uning dilbar she’rlardagi har bir misra Vatanga muhabbat, yorga sadoqat bilan jaranglaydi.Zulfiyaxonim she’rlarida tabiatning go‘zal manzaralari, tog‘lar va bog‘lar ko‘rki, abadiy muhabbat va sadoqat yaqqol ko‘zga tashlanadi.Jumladan uning “Xalqimga aytar so‘zlari” she’rida shunday misralar bor:
O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding
Qalbimdagi sahrom, daryomsan,

1 mart – Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

Илм-фан
Bugun 1 mart bahor ayyomining ilk kunida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘zbek xalqining buyuk siymolaridan bo‘lmish Zulfiyaxonim tavallud topgan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xotiralariga bag‘ishlab o‘rnatilgan haykal

Mening hayot bog’im qolmas huvillab

Илм-фан
Jizzax davlat pedagogika  instituti axborot-resurs markazining Majlislar zalida Xotin- qizlar qo’mitasi, axborot-resurs markazi, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim  fakulteti hamda Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi  hamkorligida  O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi munosabati bilan “Mening hayot bog’im qolmas huvillab”  mavzusida o’tkazilgan adabiy-musiqiy tadbir bo’lib o’tdi

Sehrli qalam klubi sayohat uyushtirdi

Илм-фан
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi qoshidagi “Sehrli qalam” klubining bir guruh a’zolari Toshkent shahridagi Chig’atoy qabristoni,  O’zbekiston milliy kutubxonasi, Shahidlar hiyoboni, Adiblar bog’i, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasiga sayohat.

Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz

Илм-фан
Jizzax davlat pedagogika instituti Harakatlar strategiyasi markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi “Targ’ibot tadbirlarini o’tkazish to’g’risida”gi xatining ijrosini ta’minlash, shuningdek institutda tahsil oluvchi talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish  maqsadida  “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” deb nomlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar

Илм-фан
2018 yil 28 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining raisi o’rinbosari v.b. X.Eshmuratov, fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi S.Nabiyevlar ishtirokida “Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar” mavzusida ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Ayollarga ehtirom

Илм-фан

Jizzax davlat pedagogika instituti videokonferensiya zalida institut ma’naivy-ma’rifiy ishlar bo’limi va xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollarga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Dasturiy hujjatlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha o‘quv seminari bo`lib o`tdi

Илм-фан
        Institutning kichik majlislar zalida 2018 yil 26 fevral kuni  soat 11-00 da Institut ilmiy kengash  topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda xujjat almashinuvi, JFC axborot tizimining imkoniyatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash, dasturiy hujjatlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha barcha fakultet, kafedra va bo‘limlarning dasturiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlariga  o‘quv seminar bol`ib o`tdi. 

O’zLiDePda yig’ilish

Илм-фан
O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojatnomasidan kelib chiqib, “Qat’iy xayotiy pozitsiyaga  ega bo’lgan insonni yot g’oyalarga bo’ysundirish va yolg’on yo’lga undash qiyin” loyixasi doirasida “Ma’naviy barkamol ayol-millat ko’zgusi” mavzusidagi ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari

Илм-фан
Joriy yilning 24 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi hamda ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “Kafedralar kuni”  doirasida  yangi adabiyotlar targ’ibotiga bag’ishlangan “ Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir axborot-resurs markazining ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan o’quv zalida bo’lib o’tdi.

Barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bepul qayta tayyorlash kurslari o‘z faoliyatini boshladi

Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining saviyasi, bilimi va ko‘nikmalari masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma’lumotli, 79 foizi esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekani qayd etildi.

Mening sevimli o‘nta kitobim

Илм-фан

Joriy yilning 22 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti    Jismoniy madaniyat  fakulteti, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi  xodimlari va  institut axborot- resurs markazi hamkorligida “Mening  sevimli o‘nta kitobim” nomli ma’naviy- ma’rifiy tanlovga qo‘yilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bobokolonlarimizning ijodiy va tarbiyaviy merosi umumbashariy ma’naviy -ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni

Илм-фан
Joriy yilning 15 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti    Jismoniy madaniyat  fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  535 yilligiga bag‘ishlangan  “Bobokolonlarimizning ijodiy va tarbiyaviy merosi umumbashariy ma’naviy -ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  Jismoniy madaniyat fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat

Илм-фан
Joriy yilning 13 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida   O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining  577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan  “ Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat” mavzusida adabiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.